Iyun oyidan boshlab O‘zbekiston va Chernogoriya o‘rtasida doimiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu mamlakatga kirishda O‘zbekiston fuqarolaridan viza talab qilinmaydi.
O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosining yana ikkita elementi — ipakchilik va Xo‘ja Nasriddin latifalari YUNESKO ro‘yxatiga kiritildi. Ular tashkilotga Ozarbayjon, Eron, Turkmaniston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiya bilan hamkorlikda O‘zbekiston tomonidan taqdim etildi.
1−3 noyabr kunlari Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida «Xalqaro Ziyorat turizmi haftaligi» bo‘lib o‘tadi. Haftalik doirasida islom iqtisodiyoti, halol turizm, islom san’ati va boshqa mavzularda ko‘plab konferensiya, festival, ko‘rgazma va yarmarkalar o‘tkazish rejalashtirilgan.
10 iyundan boshlab O‘zbekistonga kirib keluvchi ham xorijlik, ham mahalliy fuqarolar uchun koronavirus bilan bog‘liq barcha cheklovlar, jumladan, manfiy natijali PZR-test hamda kovidga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat talabi bekor qilindi.
Turkiyaning «TURKTAV» jamg‘armasi o‘zbekistonlik tadqiqotchilarga Usmonlilar imperiyasining tarixiy arxivlarga kirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu orqali o‘zbek olimlari O‘zbekiston tarixiga oid bir qator hujjatlarni tiklashlari mumkin. Jamg‘arma 55 ming qo‘lyozmani raqamlashtirgan bo‘lib, ular qatoridan Turkiston xonliklarining farmonlari, maktublar, Usmonlilar davlati bilan munosabatlariga oid hujjatlar joy olgan.
Prezidentning tegishli qarori bilan Baxtiyor Ibragimov, Nusratilla Zikrillayev va Botirjon Shaxriyorov turizm va madaniy meros vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi.
Toshkentdagi mehmonxona va hostellar bandligi mart oyining so‘nggi kunlarida 83,6 foizni, respublikada esa 70,8 foizni tashkil etdi. Turizm va madaniy meros vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu raqamlar turizm sohasining tiklanishidan dalolat beradi. Yil oxirigacha O‘zbekistonda 4,5 milliongacha sayyoh kelishi kutilmoqda.
Turizm va sport vazirligi ikkiga ajratilishi farmonda turizm xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlar samaradorligini tubdan oshirish va madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishni kuchaytirish, shuningdek, aholini sport va sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish hamda sportchilarni Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etishga puxta tayyorlash zaruriyati bilan izohlanadi. Shu bilan sport sohasida davlat siyosatini yurituvchi organ oltinchi marta qayta tashkil etilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting